Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Biz mukammal o'yin o'tkazdik


Bosh murabbiy uchrashuvdan keyin press-konferensiyada ishtirok etdi.

O'yin haqida

“Real”ni boshqarayotganimdan buyon eng yaxshi birinchi bo'lim bo'ldimi, yo'qmi, bilmayman. Lekin biz kuchli o'yin evaziga zafar kuchdik. Bunday o'yinlarda tez gol urib, keyin engilroq o'ynash mumkin”


Tarkibdagi o'zgarishlar haqida


"Uchrashuvga o'yin amaliyoti yetishmayotgan futbolchilarni tushurdim. Bizda ko'p futbolchilat bor va ular mamnun, zahiradagilarga o'yin amaliyotini berib turish kerak. Yigitlar juda yaxshi o'yin o'tkazishdi. Birinchi 45 daqiqada futbolchilar jismonan va texnik mukammallikni yuqori darajaga olib chiqishdi. Quruq g'alaba bizga juda kerak edi. Murabbiy sifatidan futbolchilarning o'yinidan mamnunman.

Men har doim ular bilan gaplashaman. Ularning hammasi menga va jamoaga juda kerak. Birgalikda biz yengilmas bo'lishimiz mumkin. Mavsum uzoq, hamma o'ziga kerak vaziyatni oladi"


Xames haqida


"Xames juda yaxshi ishladi va ikkita gol urib, ajoyib o'yin namoyish qildi. U maydonda muhim ahamiyat kasb etdi. Xuddi shu so'zni jamoadagi har bir futbolchi haqida aytishim mumkin. Xamesning o'yinidan xursandman"


Raqib haqida


"Sevilya" yomon o'ynamadi. Bu yaxshi jamoa, shunday jamoalar ustidan g'alabalar bizga kerak. Biz hali keyingi bosqichga chiqmadik, hammasini javob o'yini hal qiladi. Hozir biz biroz dam olib keyingi shanba kungi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz"


Ronaldu haqida


"Tashvishga soladigan hech nima yo'q, Ronaldu shanba kuni o'ynaydi. Havotir olmang"


G'alabali seriya haqida


"Biz yechinish honasida bu haqida ko'p gaplashmaymiz. Biz har bir o'yinga g'alaba ruhi bilan tushamiz, mag'lubiyatsiz seriyani o'ylamaymiz"


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.