Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Modrich: "Barcha orzular ushalishi mumkin"


Yilning eng yaxshi futbolchisi deb elon qilingan "Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich qo'lga kiritgan sovrini haqida fikr bildirdi.

"Bu men uchun katta sharaf. Ushbu sovrinni qo'lga kiritganimdan va bu erda turganimdan juda xursandman. Ronaldu va Salohni mavsumni ajoyib o'tkazgani bilan qutlamoqchiman. Kelajakda ushbu sovrin uchun kurashda sizlarda yana imkon bo'ladi. Bu faqat mening emas, balki "Real" va Xorvatiya terma jamoasidagilarning ham sovrini. Ularsiz bu muvaffaqiyatga erishmagan bo'lardim. Hammangizga katta rahmat. Bu sovrin oilamniki ham. Qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ovoz berganlarga ham.

Menga yo'l ko'rsatgan Zvonimir Bobanga rahmat aytmoqchiman. U 1998 yildagi Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi. O'shanda jamoamiz bronza medalni qo'lga kiritgan. Mundialda uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa Rossiyadagi muvaffaqiyatimizga ishonishga yordam berdi. Biz kelajakdagi avlod uchun ilhom manbai bo'lishimizga umid qilaman. Bu sovrin mehnat va ishonch evaziga eng yaxshi bo'lish imkonini berishini ko'rsatdi. Barcha orzular bir kun kelib amalga oshishi mumkin", - deydi Modrich.


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Luka Modrich, The Best
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.