Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Isko "Barselona"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradimi?


"Real" yarimhimoyachisi Isko kamida bir yarim oy davomida futbol o'ynamaydi.

"AS" nashri xabariga ko'ra, futbolchiga ko'richakning zo'rayishi tashxisi qo'yilgan. U yaqin orada jarrohlik amaliyotidan o'tadi, keyin esa tiklanish jarayonini boshlaydi.

Futbolchi 28 oktabr kuni Ispaniya chempionati 10-turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan derbi o'yinini ham o'tkazib yuboradi.

Madridliklar jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uning holati haqida malumot bergan.

"Men shifokorlar bilan gaplashdim. Menga aytishdiki, barchasi yaxshi kechsa, u tez orada safga qaytadi.

Har qanday jarohat - yomon yangilik. Endi biz uning o'rnida asosiy tarkibda kim o'ynashini hal qilib olishimiz kerak. Bunday holatlar butun mavsumga tasir ko'rsatadi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirgan ispan nashrlari.


Joriy mavsumda ushbu futbolchi "Real" safida barcha turnirlar doirasida 7 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urgandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Isko Alarkon
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.