Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

La Liga. "Valensiya"ning birinchi g'alabasi, Messisiz "Barselona" va Madrid derbisidagi posbonlar qahramonligi (7-tur sharhi)


29-30 sentyabr va 1 oktyabr kuni LaLiganing 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu bahslar kutilgan va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi.

"Valensiya"ning ilk g'alabasi
"Ko'rshapalaklar" LaLiganing 7-turigacha birorta g'alabaga erisha olishmadi. "Real Sosedad"ga qarshi bahsda ham ularning g'alabasiz seriyasi davom etishi mumkin edi... O'yinning 36-daqiqasida Kevin Gameyro Denis CHerishevning chap qanotdan uzatgan to'pini golga aylantirdi. Uchrashuvda kichik ustunlik "Valensiya" tomonda edi. 67-daqiqada "Real Sosedad" penalti ishlab oldi. Villianning 11 metrdan bergan zarbanisi "ko'rshapalaklar" darvozaboni Neto qaytarishga muvaffaq bo'ldi va o'z jamoasining Ispaniya chempionatidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Valensiya" turnir jadvalida 2 pog'ona yuqoriga ko'tarildi (16dan 14-o'ringa).

Messisiz "Barselona"
Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining 7-turida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi o'ynadi. "Kamp Nou"dagi bahs mezbonlar sardori Lionel Messisiz boshlandi. Ernesto Valverda Messiga dam olish imkoniyatini bermoqchi edi, ammo uning rejalari o'zgarib ketdi. 41-daqiqada Oskar de Markos hisobni ochdi va kataloniyaliklarni shoshirib qo'ydi. Leosiz o'ynayotgan Kataloniya klubi hujumlari oxiriga etmay qolayotgan edi. Hisob tenglashavermagach, ko'k-anorranglilar ustozi ikkinchi bo'limda Messini maydonga tushirishga majbur bo'ladi. Leoning say-harakatlari bilan bir nechta xavfli hujum tashkil etildi, ammo ularning bor-yo'g'i bittasi gol bilan yakunlandi. Munir El Xaddadi Messi uzatmasini darvozaga to'g'irlab, hisobni tenglashtirdi va bahs durang bilan yakun topdi. Qiziq fakt: Lionel Messi soqolini olib tashlaganidan beri "Barselona" g'alaba qozona olmayapti. Ushbu bahsdan keyin argentinalik forvard o'z jamoasi himoyasini tanqid qildi. Bir kun o'tib esa Xerard Pike Messini ispan OAV bilan muloqot qilmaslikda aybladi. Kataloniya klubidagi muammolar soni oshib bormoqda. Bularning hammasi murabbiy istefosiga olib kelishi mumkin.

Madrid derbisidagi posbonlar qahramonligi
"Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi so'nggi 3ta Madrid derbisi durang bilan yakunlangan edi. Bu jamoalarning navbatdagi bahsida ham murosa ko'chasi tanlandi. Uchrashuvning bosh qahramonlari darvozabonlar bo'ldi. Ikkala jamoa ham gol urish uchun juda qulay imkoniyatlarga ega bo'ldi. Diego Kosta va Antuan Grizmann "Atletiko" sobiq posboni, ayni damda "Real" sharafini himoya qilayotgan Tibo Kurtua bilan birga-bir chiqdi. Har safar belgiyalik futbolchi raqiblarining gol urishiga to'sqinlik qildi. Yan Oblak ham o'z jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHunday qilib, "Real" ketma-ket ikkinchi marta "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmayapti.

La Liga. 7-tur natijalari
La Liga. "Valensiya"ning birinchi g'alabasi, Messisiz "Barselona" va Madrid derbisidagi posbonlar qahramonligi (7-tur sharhi)

Turnir jadvali
La Liga. "Valensiya"ning birinchi g'alabasi, Messisiz "Barselona" va Madrid derbisidagi posbonlar qahramonligi (7-tur sharhi)

La Liga to'purarlari
La Liga. "Valensiya"ning birinchi g'alabasi, Messisiz "Barselona" va Madrid derbisidagi posbonlar qahramonligi (7-tur sharhi)

Tur ramziy terma jamoasi
La Liga. "Valensiya"ning birinchi g'alabasi, Messisiz "Barselona" va Madrid derbisidagi posbonlar qahramonligi (7-tur sharhi)

"CA" nashri asosida hala-madrid.uz uchun maxsus tayyorlandi.


Muallif: El Capitano |
Teg: La Liga, 7-tur yakunlari
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.