Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Marca: Krishtiano Ronaldu - "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi futbolchisi


Ispaniyaning mashxur nashri Marca o'z o'quvchilari orasida "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazdi.

So'rovnomada Marca o'quvchilarining 50% dan ko'pi "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb Krishtiano Ronalduni tanlashdi.

Oldinroq "Real Madrid" afsonasi va hozirda bosh murabbiy Zinerdin Zidan klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi Krishtiano Ronaldu deb ta'kidlagan edi. Bu gap esa biroz muhokamali bo'lgani uchun Marca ushbu so'rovni o'tkazishga qaror qilgan.

So'rovnomada 4 000 dan ko'p o'quvchilar ishtirok etgan, 56% o'quvchilar 4 karra "Oltin Top" sohibi Krishtiano Ronalduni "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topishdi.

"Real Madrid" ning o'tgan asrdagi afsonaviy hujumchisi Alfredo Di Stefano portugaliyalik yilduzdan 3 marta kam ovoz to'pladi. 18% muhlis Di Stefanoni qo'llashdi.

Klubning 3-afsonasi Zinedin Zidan bo'ldi. Uni 14% muhlis tanlashdi. Raul 7% ovoz to'pladi. Ovozlarning 4% - Iker Kasilyas va 1% Pako Xentoga tegishli.


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.