Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Lopetegi "Real"ga tayinlanmasligi mumkin edi


"Real" rahbariyati yozda hozirgi bosh murabbiy Xulen Lopetegini jamoani tark etgan Zinedin Zidanning o'rnini egallash uchun asosiy nomzod deb hisoblamagan.

"El Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, madridliklar Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Maurisio Pochettino ("Tottenhem") yoki Yurgen Kloppni ("Liverpul") qo'lga kiritishga harakat qilishgan. Biroq, bu mutaxassislar "Santyago Bernabeu"da ishlashdan bosh tortganidan so'ng, "Real" etiborini Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegiga qaratgan.

Avvalroq, "Real" qatorasiga 4ta o'yinda gol urolmaganidan so'ng, Lopetegining istefoga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Xulen Lopetegi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.