Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


"CHelsi" rahbariyati belgiyalik yarim himoyachi Eden Azarni "Real"ga sotishga tayyor.

Oldinroq, "aristokratlar" Azar tranferidan 200 mln. evroga yaqin mablag' ishlab olishni reja qilgani malum bo'lgan edi.

Malumotlarga ko'ra, ispan klubi 28 yoshli futbolchining transfer narxini tushirishga harakat qildi, ammo "CHelsi" bunga ko'nmadi. SHartnomasi 2020 yilda yakunlanadigan Azar London klubining yangi bitim bo'yicha 2ta taklifini qabul qilmadi. SHundan so'ng "aristokratlar" narxni tushirishga majbur bo'lishdi. "CHelsi" Azarni 100 mln. evroga sotishi kutilmoqda.

Azar 2012 yilning yozida 35 mln. evro evaziga "Lill"dan "CHelsi"ga o'tgan edi. U joriy mavsum APLning 21ta o'yinida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.

Manba: www.championat.asia




Muallif: El Capitano |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.