Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi: Azarni"Real"ga sotib yuborish kerak


U tushkun kayfiyatda yaxshi o‘ynolmasligi mumkin.

Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Frank Lebef “aristokratlar” belgiyalik vinger Eden Azarni "Real"ga sotishi kerakligini aytdi.

“Azarning “Chelsi” bilan shartnomasi tugashiga yana bir yil bor, shu bois uni sotish shart. Klub bu masalaga moliyaviy tomondan qarashi kerak. O‘tgan yoz Eden “Real”ga o‘tadigandek edi, lekin “Chelsi” uni saqlab qoldi. Shundan so‘ng u ajoyib mavsumni o‘tkazdi.

Albatta, uni tarkibda olib qolish mumkin, biroq u yangi mavsumda ham bunday o‘yin ko‘rsatmasligi mumkin. Chunki, uning istagi amalga oshmagach, kayfiyati tushib ketadi. Shuning uchun Edenga minnatdorchilik bildirib,unga o‘rinbosar qidirish kerak”, -deydi Lebef.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 19ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: www.sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Chelsi, Eden Azar, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.