Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kovachich “Zenit” bilan muzokara o'tkazmoqda


Ayni paytda “CHelsi”da to'p tepayotgan “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Daily Mail xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga “Zenit” qiziqish bildirmoqda. Nashr xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining agentlari ayni paytda Piter klubi bilan muzokaraga kirishgan.

Kovachich o'tgan yilning yozida bir mavsumga London klubiga ijaraga berilgandi. Ilgariroq futbolchi Angliyada ko'proq to'p surish niyatida ekanligi aytilgandi. Ammo FIFAning “aristokratlar”ga qo'ygan transfer taqiqi bois Kovachich “CHelsi”bilan doimiy shartnoma taklif qilolmasligi mumkin.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: CHelsi, Real Madrid, Zenit, Mateo Kovachich
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.