Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"CHelsi" Kovachich uchun "Real"ga 45 mln taklif qildi. Biroq...


"CHelsi" klubining Mateo Kovachich borasida bildirgan taklifi, "Real Madrid"ga yoqmayapdi.

"Aristokrat"lar Xorvatiyalik futbolchini xarid qilish uchun 45 mln yevro taklif etmoqda. Biroq Madrid grandi Kovachich tarnsferidan ko'proq daromad olishni maqsad qilgan. Shuni o'rinda aytib o'tishimiz lozim, "CHelsi" Mateoni sotib olishga juda-juda yaqin. "Ko'k"lar boshqaruviga kelishi kutilayotgan jamoa afsonasi Frenk Lempard ham Kovachichni jamoada saqlab qolish istagida.

Ma'lumot uchun, "CHelsi"ga transfer taqiqi qo'yilgani sabab Mateo Kovachich London klubi ushbu yozda sotib ololadigan yagona futbolchi.

Yakunlangan mavsumda, Mateo "Ko'k"lar libosini keyib 51 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qilgan.

Manba: www.as.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Mateo Kovachich, CHelsi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.