Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Bilasizmi? 2013 yildan buyon ilk bor EChL finali ispan jamoalarisiz o‘tadiganbo‘ldi


Bu safar finalda ingliz klublari qarama-qarshiligini ko‘rishimiz mumkin.

Xabaringiz bor "Liverpul" kecha EChL yarim final javob bahsida "Barselona"ni 4:0 hisobida engdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, shu tariqa so‘nggi 6 yildan buyon ilk bor Chempionlar ligasi finali ispan jamoalarisizo‘tadigan bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, 2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasi finalida Madridning “Real” klubi finalga qadar etib borgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. 2015 yilda esa “Barselona” finalda g‘alaba qozonib, chempionlikni tantana qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ikkinchi yarim final juftligida “Ayaks” va “Tottenxem” o‘zaro kuch sinashadi. G‘olib finalda “Liverpul”ga raqiblik qiladi.

Manba: Sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: EChL
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.