Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Azar "Real" fikridan qaytib qolishidan cho‘chimoqda


Uning narxi madridliklarga qimmatlik qilmoqda.

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar rahbariyat uni transferga qo‘yishlarini xohlamoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi o‘zining tovon puli miqdori borasida “aristkoratlar” bilan tezroq kelishib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Azarga Madridning “Real” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Biroq, “qirollik klubi”ga bu borada “Chelsi”ning 115 million evrolik talabi ma’qul kelmayapti. Azar esa qimmat narx sabab madridliklar o‘z fikrlaridan qaytib qolishlaridan cho‘chimoqda.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum APLda jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta golhamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Manba: Sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Eden Azar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.