Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

SHvaynshtayger Pogba haqida: "Uni to'xtatib qolish kerak emas"


"CHikago" yarim himoyachisi Bastian SHvaynshtayger "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

- Agar o'yinchi klubdan ketishni xohlasa, siz uni to'xtatib qolishingiz kerak emas. Pol - ajoyib o'yinchi, u shunchaki Franciya terma jamoasi bilan bir xil uslubda o'ynaydigan jamoa qidirmoqda.

Oldinroq, hujumchi Garet Beylning Xitoyga transferi amalga oshsa, "Real" Pogba uchun MYUga 150 million funt taklif qilishi xabar qilingan edi.

Franciyalik futbolchining maoshi haftasiga 600 ming funtni tashkil etadi.

26 yoshli Pogba yakunlangan mavsum MYUda 47ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 11ta assistga erishgan. Uning ingliz klubi tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 100 million evroga baholagan.

SHvaynshtayger Pogba haqida: "Uni to'xtatib qolish kerak emas"

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Manchester Yunayted, Bastian SHvaynshtayger, Pol Pogba, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.