Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Isko La Ligadagi eng yorqin mavsumini o'tkazmoqda


"Real Madrid" yarimhimoyachisi Isko Alarkon joriy mavsum La Ligada 10 ta gol kiritgan. Ispaniyalik ushbu mavsumni faoliyatidagi eng yorqin o'yin ko'rsatgan mavsumiga aylantirdi.

La Liga 34-turidan o'rin olgan "Deportivo"ga qarshi bahsda Isko musobaqadagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi. O'zi uchun eng yaxshi natija hisoblangan 2012-13 mavsumidagi ko'rsatgichini ortda qoldirdi. Isko 2012-13 mavsumida "Malaga" safida 9 ta gol kiritga edi. U joriy mavsum La Ligadagi 10 ta golidan 6 tasini safarda va 4 tasini "Bernabeu"da nishonlagan hamda ushbu mavsum jamoaning La Ligadagi uchinchi (Ronaldu 19, Morata 13) eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Riazordagi gol Isko uchun "Real" libosida La Ligadagi 25-goli hisoblanadi. Madriddagi 4-mavsumini o'tkazayotgan futbolchi 2013-14 mavsumda 8 ta, 2014-15 mavsumda 4 hamda o'tgan mavsum 3 ta gol kiritgan.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.