Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Tebas "El-Klassiko" vaqti nega ertaroq boshlanishini aytdi


"Barselona" va "Real" o'rtasidagi dastlabki "El-Kasiko" nega ertaroq boshlanadi, LaLiga rahbari Xaver Tebas bu qarorni tushuntirdi.

La Liga prezidenti Xaver Tebasning fikricha, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi Klasiko o'yinining erta boshlanishi butun dunyoda ko'proq odamlarni tomosha qilishiga imkon beradi.

Oldingi hafta Chempionlar Ligasida ikkala tomon ham harakat qilgan bo'lsa, Klasikodon oldin esa "Barselon" Pragaga safar qiladi va qaytganidan so'ng "Real"ga qaraganda bir kunga kamroq tiklanish uchun vaqti bo'ladi.

Tebas Klassikoni erta tongda o'tkazish to'g'risida qarorni Osiyo televizorlari bozorlari e'tiboriga olgan holda ta'kidladi.

"Endi siz soat birda Klasikoni ko'rmaysiz va uni dunyoning boshqa joylarida ham vaqtliroq ko'rishingiz mumkin.

Bizning xalqaro ishimiz shundan iborat. Agar vaxolangki biz o'sha vaqtni belgilamaganimizda, Osiyoda ular buni ko'ra olmasdilar.

Bu ispan futboli, lekin endi bu nafaqat ispaniyaliklar uchun. Butun dunyoda muxlislari bor.

Salvadorliklar ko'p bora bizga shanba kuni soat birda uxlab qolishlarini aytishdi", - dedi Xaver Tebas so'zlardan iqtibos keltirayotgan AS nashri.


26 oktyabr kuni LaLigada azaliy raqiblar "Barselon" va "Real Madrid" o'rtasidagi to'qnashuv Kamp Nouda toshkent vaqti bilan soat 16:00da start oladi.

Manba: www.as.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Xaver Tebas, Barselona, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.