Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan navbatdagi sovrin qo'lga kiritilgach nimalar dedi?


“Real Madrid” ustozi “Atletiko”ga qarshi final bahsidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Fede qilishi shart bo'lgan ishni bajardi. Bu o'ta qo'pol qoida buzilishi edi. Ammo buni bajarish kerak edi. U Morata oldida kechirim so'radi. Fede o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan xursandman. U ham boshqalar kabi yaxshi mehnat qildi. Biz bu yerga sovrin uchun kelgandik. Yaxshi final guvohiga aylandik.

“Atletiko” juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Futbolchilarni tabriklash kerak, ayniqsa Kurtuani. G'alaba ularning xizmati. Ayniqsa penaltilar seriyasidagi. Men futbolchi bo'lgan vaqtimda maydonda borimni berganman. Bu “Real”ning DNKsi. Men ham yigitlardan maydonda shuni kutaman. Biz mavsumni bazi bir qiyinchiliklar bilan boshlagandik. Ammo har doim xotirjamlikni saqlab qolish kerak”, — deydi Zidan.


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Atletiko, Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.