Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi


"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya Superkubogining final o'yini doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahsda qizil kartochka oldi.

O'yinning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi va qo'shimcha taymlarga murojaat qilindi. 21 yoshli Federiko Valverde esa o'yinning 114-daqiqasida chetlatildi. U "qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan "Atletiko" forvardi Alvaro Morataning orqasidan yiqitdi. Agar ushbu vaziyatda qo'pollik ishlatilmaganida, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi vaziyatdan unumli foydalangan holda o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi.

SHunday qilib "Real" Federikoning sportchilarga xos bo'lmagan harakati tufayli penaltilar seriyasiga qadar etib bordi va unda "qirollik klubi"ga omad kulib boqdi. "Real" 4-1 hisobida g'alaba qozondi va kubokni boshi uzra baland ko'tardi.

Urugvaylik yarim himoyachi esa qizil kartochka olganiga qaramasdan o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga sazovor bo'ldi.

Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Simeone: "Aynan u o'yinni yutdi. Bu Valverde uchun muhim vaziyat edi. Men unga xavotir olmasligini, uning o'rnida boshqasi bo'lganda ham shunday qilishini aytdim".

Valverde: "Albatta, men bunday qo'pol o'ynamasligim kerak edi. Men Moratadan uzr so'radim. Bu men qilishim mumkin bo'lgan yagona ish edi. Butun boshli murabbiylar shtabi meni qo'llab-quvvatladi. Simeone ham majbur bo'lmasada bu haqda menga gapirdi".

Oblak: "Valverde bizni yaqqol gol urish imkoniyatimizdan mahrum qildi. O'yin penaltigacha bordi, penalti - bu lotereya. Ular gol urishni uddalashdi, biz esa yo'q. Endi boshni baland ko'tarish va o'ynashni davom ettirish kerak. O'sha folni ko'rish yoqimsiz edi. Bu haqiqiy qizil kartochka. U bunday qarori orqali bizni gol urish imkoniyatidan mahrum qildi. "Real" o'yinchilarini tabriklayman. Biz ushbu kubokni yutmoqchi edik, ammo omadimiz kelmadi".

Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Atletiko Madrid, Federiko Valverde, Ispaniya Superkubogi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.