Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: “Etirozga o'rin yo'q, gol kiritilgan vaqtda o'yin qoidasi buzilgandi”


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 20-turi doirasida “Sevilya”ga (2:1) qarshi kechgan bahsda hakamning munozarali qaroriga munosabatini bildirib o'tdi.

“Sevilya” gol kiritgan vaziyatda haqiqatan ham raqib futbolchisi bizning o'yinchiga nisbatan o'yin qoidasini buzgandi. Hakam o'sha vaziyatda fol qayd etib hushtak chalgach, VAR tizim orqali vaziyatni qayta ko'rib, to'g'ri qaror qabul qilganligini yana bir bor ko'rib oldi. Ikkinchi bo'limda Lyuk de Yong muvozanatni tiklaan vaqtda u to'p qo'li bilan o'ynadi, ammo hushtak chalinmadi.

Men hech narsani tushuntirishni istamayman. Vaziyatni chigallashtirish tarafdorimasman. Bazida bunday vaziyatlar senga qarshi ishlaydi, ayrim vaqtlarda esa buning aksi. Hakamlarni ishi osonmas, ammo maydonda ular hammasini hal qilishadi. Men o'sha gol bekor qilingan vaziyatda qo'pollik – “blokirovka” bo'lganini bilaman. SHu bois etiroz bildirish kerakmas.

Referi o'yin natijasiga tasir o'tkazdi, deb o'ylamayman. U maydonda nima ish qilishi lozim bo'lsa, shuni amalga oshirdi”, - deya franciyalik murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.


Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Sevilya, Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.