Sebalos: "Arsenal"da qolish rejam yo‘q"


Huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli, ayni paytda faoliyatini ijara asosida Londonning "Arsenal" klubida davom ettirayotgan Dani Sebalos "kanonirlar" bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligini aytib o‘tdi.

"Bu yerda yana bir mavsum qolamanmi? Yo‘q, mening rejam bunday emas. "Real" tarkibiga qolishni xohlayman va dunyoning eng yaxshi jamoasi tarkibiga kirishga harakat qilaman. Ishonamanki, bir kun kelib «Real»ning muhim futbolchisiga aylanaman va qo‘llab-quvvatlaganligi uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Sebalos Cadena SER bilan suhbatda.

Joriy mavsum Sebalos "Arsenal" tarkibida 15 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta golga assistentlik qildi.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.