Figu: "Hech kim meni "Inter"dagi Manchini kabi yerga urmagan"


"Real Madrid"ning sobiq vingeri Luish Figu "Inter"dagi faoliyatini yodga oldi.

"Butun bir faoliyatimda hech kim meni "Inter"dagi Roberto Manchini kabi yerga urmagan.

Jim yurardim, ammo 20 yoshli yigitcha emasdim. 34-35 yoshlarda bo'lganman, shunday vaziyatlar bo'lardiki, baqirib yuborgim kelardi.

34 yoshga kirganda sen nimalarga qodirligingni yaxshi bilasan. Ammo men 85 daqiqa mashq qilib, 3 daqiqa maydonga tushardim. Bu normal holat emasdi", - dedi Figu.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.