“Azar 30 yoshda, unga aniqlik etishmaydi, endi u tezkor driblingchi ham emas. Barchamizga malumki, 30 yoshdan keyin futbolchilarda pasayish boshlanadi.
U hech qachon top darajadagi professional bo'lmagan, Messi va Ronalduda bo'lgan xohish unda yo'q. Agar bu Azarda bo'lganda, unda fikrimcha, uni yuqoridagi ikki futbolchi bilan bir qatorga qo'ygan bo'lardik.
Azar “Real”ning mavsumoldi yig'iniga ortiqcha vazn bilan kelgandi, garchand uning transferi uchun 160 mln evro sarflangan bo'lsa-da, unda “galaktiko” maqomi bor edi. Semiz. Buni istaganingizcha aytishingiz mumkin.
U haqida xavotirlanishingiz mumkin, chunki u 11 marta jarohatlandi va 2 yil deyarli o'ynamadi. 11 jarohatdan keyin qaytish uchun esa intilish bo'lishi kerak, haqiqiy professional bo'lish lozim.
U faoliyati davomida ortiqcha vazn bilan kurashganligini tasdiqlash mumkin. “Real” seni 160 mln.ga sotib olsa, mavsumoldi yig'inga faoliyatingdagi eng yaxshi formada etib kelishing kerak edi. U esa tatildan qaytdi va ortiqcha vazn bilan etib keldi
Futbolchilarni tanqid qilishni yomon ko'raman, ammo Azar barcha tanqidlar unga yog'ilishiga o'zi sababchi bo'ldi”, — deydi Daff.
Manba: CA