Zidan Azar haqida: “Har bir futbolchi maydonda bo'lishni istaydi”


“Real” ustozi Zinedin Zidan jarohatidan forig' bo'lgan Eden Azar haqida gapirdi.

“Azarda hammasi joyida va biz baxtlimiz. U har kuni juda yaxshi shug'ullanyapti, o'zini yaxshi his etmoqa. Jarohat olgan vaqtingda jamoadoshlaring bilan birga bo'lmay o'yindan tashqarida bo'lish juda ham og'ir bo'lishi mumkin. Har bir futbolchi maydonda bo'lishni va lazzatlanishni istaydi. Hozir hammasi ijobiy ko'rinmoqda. U qaytdi, biroq endi bizda jarohat olgan boshqa futbolchilar bor. Tez orada yana barchamiz birga bo'lamiz degan umiddaman. Azarning tarkibga qaytishi uchun bizda juda ko'p o'yinlar bor. Ko'ramiz bu qanday kecharkan, ammo uning o'zini yaxshi his qilishi biz uchun muhim. Eng asosiysi esa tayyor bo'lish lozim, boisi oldinda juda ko'p uchrashuvlar kutmoqda”, — deydi Zidan.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив