Peres: "Superliga davom etadi. Klublar 8 mlrd evro yo'qotishdi, CHeferin esa" ...

"Real" prezidenti Florentino Peres Evropa Superligasi loyihasi haqida gapirdi.

"Muayyan majburiyatlarga ega shartnoma mavjud. Superliga o'z mavjudligida davom etmoqda.

Bizga ustunliklarini himoya qilish uchun tahdid qilishmoqda va ingliz klublariga ushbu narsa tasir qildi. Biz Lyuksemburgdagi sud qarorini kutmoqdamiz.

Angliya klublari o'zlari ketishmadi, ularni UEFA majburladi. Klublar 8 milliard evro [pandemiya davrida] yo'qotishdi, CHeferin esa o'z maoshini ko'tarmoqda.

Bazilarda imtiyozlar bor va ular buni saqlab qolmoqchi. Ular allaqachon bizni CHempionlar Ligasida chiqarib yubormoqchi edilar, ammo sud buni qilishni taqiqladi", - deydi Peres.

Oldinroq, pandemiyasi sabab UEFA daromadlari 21%ga tushib ketganiga qaramasdan, uning prezidenti CHeferinning maoshi 450 000 evroga ko'tarilgani malum bo'lgan edi.

Manba: www.championat.asia


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.