Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Ronaldu: "Men haqimda xuddi jinoyatchidek gapirishadi, aslida esa ular hech narsani bilishmaydi"

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ispan OAVning unga bo'lgan munosabati haqida fikr bildirdi.

Oldinroq Ronaldu "Selta" futbolchilariga, "Barselona" ularga mukofot puli vada qilgani haqida ishora qilgani elon qilingan edi.

"Odamlar men haqimda xuddi jinoyatchidek gapirishmoqda, aslida esa ular hech narsani bilishmaydi. Teleko'rsatuvlarni ko'rmayman, aks holda mening hayotim bo'lmasdi. Menga inson va futbolchi sifatida gapiring. Ha, men avliyo emasman, ammo shayton ham emasman. O'yinimni tanqid qilishlari meni havotirgan solmaydi, chunki o'z futbolim va statistikam bilan ularni jim bo'lishga majbur qilaman. Ammo ularning qo'lida doimo tosh bor. Bu menga yoqmaydi, chunki oilam bor, onam va o'g'lim. Menga ahmoqlik qilayotgan inson kabi munosabatda bo'lishlari yoqmaydi. Bu ishlarni bajarayotganim yo'q", - deydi Ronaldu.

Ronaldu: "Men haqimda xuddi jinoyatchidek gapirishadi, aslida esa ular hech narsani bilishmaydi"

Manba: CA

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)