-

Anchelotti bo'lajak “El Klasiko” oldidan: “Ustunlik biz tomonda bo'lishi mumkin, ammo …”

Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Barselona”ga qarshi bahs oldidan “Real” ustozi Karlo Anchelotti o'z fikrlarini aytdi.

“Barselona? Ular doimo “Real” uchun raqib hisoblanadi, mana shuning uchun bu to'qnashuv “klasiko” nomini olgan. “Klasiko” doimo “klasiko”dek o'tadi. Ehtimol, ustunlik biz tomonda bo'lar, ammo boshqa jihat ham bor. O'yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi va ikkala jamoa ham imkoniyat bo'ladi”, deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak “El Klasiko” 12 yanvar kuni S.Arabistonining Riyod shahridagi “Qirol Faxd” stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Kommentlar 1

Nodirbek
от 10 yanvar 2022 18:08
  1. [hide][/hide]




Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив