-

Anchelotti Mbappening "Bernabeu"ga kelishi haqida fikr bildirdi

Karlo Anchelotti "Santyago Bernabeu" stadionida "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe iliq qarshi olinishini kutmoqda.

Jamoalar 9 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida to‘qnash kelishadi. Birinchi o‘yin 1:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘lgan. Unda Mbappe g‘alaba to‘pini kiritgan.

"Santyago Bernabeu" tarixi shuni ko‘rsatadiki, buyuk futbolchilar doimo olqishlar bilan kutib olingan. Men bu munosabatni tushunaman.

Muxlislar ajoyib o‘yinchilarni yoqtirishadi. Lekin ular har doim yaxshi o‘yin va “Real”ning g‘alabasini ko‘rishni istashadi”, - dedi madridliklar bosh murabbiyi.

Manba: www.tribuna.com


9 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.