“Real” ustozi “Inter”ga qarshi bahsdan (3:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yinda bosim saqlanib qoldi, boisi raqib juda yaxshi jamoa edi. Bizda muammolar bor edi, ammo o'yinchilarni tabriklash lozim, boisi ularga g'alabaga haqli o'ynadi. O'yinni yaxshi boshladik, o'zimiz xohlagandek pressingni amalga oshirdik. 2:0 hisobida oldinga o'tib oldik, biroq tez charchab qoldik. Ikkinchi bo'lim esa teng kurashlar ostida o'tdi. Rodrigoning goli juda chiroyli chiqdi. Raqib jismoniy jihatdan juda kuchli, tez edi va ular bizga muammo tug'dira oldi. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda har doim oxirigacha ishonish kerak. Juda ham xursandman”, — deydi Zidan.
Manba: www.championat.asia