Misr terma jamoasi sobiq o'yinchisi: "Salah "Real" va "Barsa"da o'ynaganida "Oltin to'p"ni olardi. U..."


Misr terma jamoasi sobiq o'yinchisi Muhammad Abutrika "Liverpul" forvardi Muhammad Salahni "Real" yoki "Barselona" tarkibida "Oltin to'p"ni olar edi deb hisoblaydi.

"Agar Salah "Real" yoki "Barselona"da "Liverpul"dagi darajasida o'ynaganida "Oltin to'p"ni olardi.

Ispan gazetalarining Salahni "Real" va "Barsa" so'rayotgani haqida yozishi normal holat. Mening fikrimcha, "Liverpul" Salahni moliyaviy maqsadda sotmoqchi.

Salahning xafa ekanligini yana bir sababi - "Midtyulland"ga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichida o'ynamaganligi (22 yoshli Trent Aleksand-Arnold o'sha o'yinda sardor bo'lgan).

Men Salahning qaroriga hech qanaqasiga tasir qila olmayman. U mening do'stim va ukam, Muhammad uning uchun nima yaxshiligini tushunish uchun etarlicha aqlli", - deydi Abutrika.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.