-

Chempionlar ligasini zabt eta olmagan 7 yulduz futbolchi ulardan ikkitasi "Real"da oʻynagan

Tan olamizmi yo‘qmi, klublar futboli terma jamoalarnikidan anchagina yuqorida turadi. Undagi voqealar, emosiyalar va chempionlik uchun kechadigan kurash barchani birdek mahliyo qiladi.

Yevropaning har qanday klubi Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Ammo bu orzuni amalga oshirgan jamoalar sanoqligina. Siz va biz bilgan ko‘plab futbolchilar Yevropaning nufuzli turnirida umuman muvaffaqiyatga erisha olmagan. E’tiborimizni Yevropa Chempionlar ligasi kubogini biror marta ham boshi uzra ko‘tarmagan afsonaviy 7 ta futbolchiga qaratsak.

7. Erik Kantona
Chempionlar ligasini zabt eta olmagan 7 yulduz futbolchi ulardan ikkitasi "Real"da oʻynagan

 "Manchester Yunayted"da 4 yarim mavsum o‘ynagan Kantona axiyri 1996/97 yilgi Chempionlar ligasida finalgacha boradigandek ko‘ringandi. Biroq negadir o‘sha paytda "qizil iblislar" uchun Yevropa maydonlarida 1ta gol urishdan ko‘ra APL da 10ta gol urish osonroq edi. Final yo‘lida Dortmundning "Borussiya"siga mag‘lub bo‘lgan 30 yoshli Kantona shu yilning o‘zida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. 1998/99 yilgi mavsum finalida "Manchester Yunayted" "Bavariya"dan ustun keldi. Sobiq jamoasining chempionlikka erishgan yili 32 yoshida bo‘lgan Erik erta yakunlagan faoliyati uchun hali hamon afsuslansa kerak.

6. Fabio Kannavaro


Zidan kalla qo‘ygan kechani eslasangiz kerak. Aynan o‘sha kechada Italiya jahon chempioniga aylangan edi. 2006 yil Kannavaro uchun omadli keldi. Jahon chempionligi, “Oltin to‘p” va yilning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Fabioga Yevropa chempionatlarida unchalik havas qilib bo‘lmasdi. Kannavaro faoliyati davomida 3ta top klubning (“Real Madrid”, “Inter”, “Yuventus") sharafini himoya qildi. 2003 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida Milan shahrining ikki jamoasi to‘qnash keldi. Mehmonda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketgan "Milan" klubi hamshaharlarini qattiq alamda qoldirgandi o‘shanda.

5. Denis Bergkamp


 Faoliyati davomida "Ayaks" hamda "Arsenal" kabi grand klublarda to‘p surgan niderlandiyalik afsona hech qachon Chempionlar ligasini yuta olmagan, biroq bunga juda-juda yaqin kelgan. Denisning orzulari ushalishi uchun 2005/2006 yilgi mavsumda "Barselona"ni mag‘lub etish kifoya edi. Ammo har qanday jamoani vahimaga solgan o‘sha paytdagi "kataloniyaliklar" g‘alabani qo‘ldan boy bermadi. Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng Bergkamp faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

4. Roberto Badjo

 Yana bir afsonaviy futbolchi Badjio shubhasiz futbol olamida juda ko‘p sovrinlarga ega bo‘lgan. Ammo uning kolleksiyasida Chempionlar ligasi kubogi yo‘q edi. Roberto "Yuventus" safida Yevropa ligasida zafar quchgan, bundan tashqari "Milan" tarkibida A seriya chempioniga aylangan.1993 yilda “Oltin to‘p” sovriniga loyiq deb topilgan sanoqli futbolchilar qatoriga qo‘shilgan Badjo eng saviyali turnirda "Inter" bilan bir marotaba chorak finalgacha yetib kelgan xolos.

3. Janlujji Buffon


 Italiyaning eng yaxshi darvozaboni Janlujji Buffon ham qancha urinmasin "shalpangquloq kubok"ni yuta olmagan. Buffon "Yuventus" safida 3 bor Chempionlar ligasi finalini boy bergan. Maqsadiga erisha olmagan Janlujji oxiri taqdirga tan berdi. Hozirga kelib faoliyatining ilk yillaridagi qadrdon jamoasi "Parma" sharafini himoya qilmoqda.

2. Zlatan Ibragimovich


 Tepsa tebranmas Zlatan bir qator klublarda havas qilsa arzigulik natijalarga erishgan. "MYU" safida Yevropa ligasi, "Barselona” safida esa UYEFA superkubogini qo‘lga kiritgan. Aynan "ko‘k-anorranglilar" bilan Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaligacha yetib kelgani, uning maqsadiga erishishi uchun eng yaqin kelgani bo‘ldi. Shvesiyalik hujumchi hozirda 41 yoshga qarab ketyabdi. Shunga qaramasdan hamon yuqori formada o‘yin ko‘rsatib, jamoasining g‘alabalariga o‘z gollari bilan hissa qo‘shmoqda. "Milan" klubining ajralmas bo‘lagi bo‘lib ulgurgan atletning hali beri faoliyatini tugatish niyati yo‘qdek.

1. Ronaldo Nazario


 “El fonameno” ham yuqoridagi futbolchilar kabi Yevropa chempioni bo‘lmagan desak kulgili tuyulsa kerak. Ammo bu fakt. “Oltin to‘p”ning eng yosh sovrindori, 2 karra jahon chempioni bo‘lgan Ronaldo faqatgina bir marta "Real Madrid" safida yarim final ostonasiga yetib kelgan. Albatta bunday bo‘lishiga jarohatlar va shunga o‘xshash boshqa bir muammolar sabab bo‘lgan. Biroq afsonaviy Nazario bu temir kubokning yordamisiz ham butun dunyo tan olgan buyuk futbolchi hisoblanadi.

www.halamadrid.uz — uchun maxsus!


2 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Kommentlar 1

Muhammad ali
от 26 fevral 2022 02:02
Ajoyib futbolchilar edi bular rahmat adminlar yangilikni zur chiqpdi menga yoqti

Qoil gab yoq yashelar
Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.