-

ESPN: Andriy Lunin "Real"ning keyingi mavsumdagi ikkinchi darvozaboni bo'ladi

"Los Blankos" tarkibida Lunin Tibo Kurtuaning o'rnini bosish uchun astoydil o'z ustida ishlashiga to'g'ri keladi.

ESPN xabariga ko'ra, Andriy Lunin "Real Madrid"ning keyingi mavsumdagi ikkinchi raqamli darvozaboni bo'ladi.

"Qirollik klubi" yanvar oyida uni "Ovedo" klubiga ijaraga bergandi va shu vaqtgacha Lunin 20ta o'yinda maydonga tushib ulgurdi.

Lunin hali juda yosh bo'lganligi sababli, Tibo Kurtuadan mashg'ulotlar vaqtida ko'p narsalarni o'rganishi mumkin bo'ladi.

Alfons Areola Madridda qolish ehtimoli yo'qligi sababli, Lunin asosiy jamoada o'z o'rnini egallaydi.

Manba: www.tribuna.com


2 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.