-

"Real" keyingi mavsumda ham o‘yinchilar maoshini qisqartiradi

"Real Madrid" rahbariyati 2020/21 yilgi mavsumda o‘yinchilarning maoshini qisqartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri. 

Agar La liga o‘yinlariga tomoshabinlar qaytarilmasa, klub zarar ko‘rishda davom etadi. "Real Madrid" bir necha nafar o‘yinchilarni sotish orqali 200 million yevro miqdorida daromad olmoqchi. Ammo bu ham yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Koronavirus pandemiyasi davridan boshlab joriy qilingan maoshlarni 10%ga qisqartirish amaliyoti yangi mavsumda ham davom ettirilishi mumkin. Ehtiyoj tug‘ilsa, qisqartirish foizi yanada oshirilishi mumkin.

"Marca"ga ko‘ra, o‘yinchilar bu borada "Real Madrid"ni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Manba: www.stadion.uz


0 0

Murod Obidovich
Blogger | Jurnalist
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.