-

Peres: "Benzema "Oltin to'p"ni olishi kerak. Joriy mavsumda undan yaxshisi bo'lmadi"

"Real" prezidenti Florentino Peres Madrid klubi forvardi Karim Benzemani "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi.

"U "Oltin to'p"ni olishi kerak. Joriy mavsum undan yaxshi o'ynagan futbolchi yo'q.

"Real"ning barcha o'yinchilari yaxshi harakat qilishdi, ammo Karim boshqacha. Hamma yaxshi o'ynagani haqiqat. Serxio Ramos "Real" uchun sardordan muhimroq o'yinchidir, Kurtua ham ajoyib va murabbiy bu jamoaning arxitektoridir", - deydi Peres.

Benzema "Real"ning chempionlik o'yinida dublga erishdi. Forvard bu gollar evaziga top-5 ligalar tarixida eng ko'p gol urgan franciyalik futbolchilar orasida 4-o'ringa ko'tarildi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.