-

Eshitdik-da. Ramos faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi

"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatidagi g'alabadan so'ng faoliyatini Madrid klubida yakunlashni xohlashini aytdi.

"Menga bu er yoqadi va buni barcha biladi. Men faoliyatimni shu erda yakunlashni xohlardim. Men baxtli va xotirjamman", - deydi Ramos.

34 yoshli Ramos 2005 yildan beri "Real"da o'ynaydi. U "qirollik klubi"ga "Sevilya"dan o'tgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Kecha "Real" "Vilyarreal" (2:1)ni mag'lub etdi va Ispaniyaning 2019/20 yilgi mavsum g'olibiga aylandi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.