-

Azar 112.5 mln evroga arzonlashdi! Uch yil ichida narxi eng ko'p tushgan futbolchi kim?

Eden Azar, 32 yosh, hujumchi, "Real Madrid", 120 mln evro → 7,5 mln evro bu transfermarkt portali talqiniga koʻra eng daxshatli narx qulashi boʻlib turibdi.

Undan keyingi oʻrinlarda:


2. Antuan Grizmann, 31 yosh, hujumchi, "Atletiko", 120 mln evro → 25 mln evro

3. Rahim Sterling, 28 yosh, hujumchi, "CHelsi", 160 mln evro → 70 mln evro

Belgiyalikning transfer narxi uch yilda 93,8%ga quladi. Bu mutlaq rekord. U uch yarim yil "Real" tarkibida 73ta o'yinda maydonga tushib, yettita gol urdi, terma jamoadagi 20ta o'yinda esa 1+3. Eden Azar shuningdek jarohati sabab 70ta o'yinni o'tkazib yubordi. Forvard bunchalik jarohatlarga qaramay, ikki bor Ispaniya chempionati va Superkubogini yutdi, shuningdek CHempionlar ligasi g'olibi va UEFA Superkubogida zafar quchdi. Footmercato malumotiga ko'ra, belgiyalik "Al-Nassr"ga o'tishi mumkin.

Manba: www.transfermarkt.de


4 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.