Eshitdik-da. “Real” kutilmaganda supertransferni to'xtatmoqda


“Real” o‘zi anchadan beri olishni orzu qilayotgan “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing transferi bo‘yicha bir oy oldin boshlangan muzokaralarni to‘xtatishga qaror qildi.

Bunga “Qirollik klubi” koronavirus pandemiyasining qayta qo‘zg‘alib borayotgani tufayli, moliyaviy imkoniyatlari ko‘rib chiqishga majbur bo‘layotgani sabab sifatida keltirilmoqda. Madridliklar bu masalaga yozgi transferlar byudjeti tasdiqlanganidan keyin, ya’ni aprel oyida qaytishi mumkin.

18 yoshli futbolchi yozda “Renn” jamoasini tark etib, madridliklar safiga qo‘shilishga qaror qilgan edi.

Manba: www.sport.es


3 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив