Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Zidan: "Real" hali Ispaniya Superkubogida g'olib bo'lmasligi ham mumkin

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan hali jamoa Ispaniya Superkubogidagi g'alabani naqd qilmagani haqida gapirdi.

Bu haqda RT xabar tarqatdi.
"Futbolda hammasi mumkin, hech kim mag'lubiyatlardan kafolatlanmagan, hali javob o'yini oldinda turibdi. Biz avvalo o'z o'yinimizni o'ylashimiz kerak, axir raqib kuchli, bu raqib istalgan vaqtda muammo tug'dirishi mumkin. Bunga shubham yo'q.


Birinchi o'yinda ularda golli vaziyatlar bo'ldi. Shu tufayli biz hushyorlikni yo'qotmasligimiz zarur. Ustunlikni saqlab qolish uchun o'yin oxiriga qadar o'ynashimiz kerak", — deya Zidanning so'zlarini keltirgan Marca.


Zidan shogirdlari "Barselona"ga qarshi Barselonada kechgan birinchi o'yinda 3:1 hisobidagi g'alabaga erishgandi. Javob uchrashuvi 16 avgust oqshomida (Toshkent vaqti bilan 17 avgustga o'tar kechasi soat 02:00da) bo'lib o'tadi.

Manba: Tribuna

Teglar: Ispaniya superkubogi, Zenedin Zidan |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)