Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Zinedin Zidan: “Ronaldu ham boshqa futbolchilar singari zaxiraga olinishi mumkin”


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasining “Atletik” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabasi haqida gapirib o'tdi.

“CHempionat tugashiga 11 tur qoldi. Biz ayni paytda jadvalda peshqadammiz. Ammo bu hech narsani anglatmaydi. “Real” safarda qiyin kechgan bahsda g'olib chiqdi. Raqib bizga etarlicha muammo tug'dira oldi, lekin jamoa xarakter ko'rsatdi. Oldinda bundanda qiyin o'yinlar borligini bilamiz. Benzema uchrashuvni ajoyib tarzda o'tkazdi. Uchrashuv oxirida o'yin balansini saqlab qolish uchun sxemamizni 4-4-2 ga o'zgartirdik.

O'yinchi almashtirishlar haqida to'xtaladigan bo'lsam, Ronaldu uchun xavotirlanish shart emas. Krishtianu ham boshqa futbolchilar singari o'yin mobaynida o'z o'rnini boshqa jamoadoshiga bo'shatishi mumkin. Biz g'olib chiqqanimizdan u ham mamnun.

Vaskesning maydonga tushirishimga sabab biz 4-4-2 taktik sxemasida harakatlana boshladik va himoyalanishga etibor qaratdik. Biz raqibga imkoniyatni boy berishdan emas, balki o'yin balansini saqlab qolish uchun shu ishga qo'l urdik.

Beyl, Ronaldu, Benzema bugun bor kuchlari bilan harakat qilib, g'alabaga munosib hissa qo'shishdi. Oxirgi ikki futbolchini shu sabab Isko va Morataga almashtirdim”, dedi Zidan.

Manba: CA


Muallif: El Capitano

Teg:
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Roma"ga qarshi bahsda 2-golga uzatma bergan Benzema eng yuqori (8.9) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..