"REAL MADRID" | O'ZBEKISTON
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Fergyuson Ronaldo tufayli Van Nistelroydan voz kechgan ekan


Angliyada "MYU" sobiq ustozi Aleks Fergyusonning yaqin do'sti Alayster Kempbellning kitobi chop etildi.

Kitobda muallif bir necha qiziqarli sirlarni ochib tashlagan. Jumladan, gollandiyalik Ruud Van Nistelroy 2006 yilda jamoani tark etish sababi haqida aytib o'tgan. O'shanda hujumchi yosh jamoadoshi Ronaldoni haqorat qilgani uchun Fergyuson Van Nistelroydan voz kechgan ekan.

O'shanda portugaliyalikning otasi vafot etadi. Karlush Keyrush (o'shanda Fergyusonning yordamchisi bo'lib ishlardi) timsolida u o'ziga yangi ota topib bo'lganini va bu Ronaldoning siqilishga sabab bo'lmasligi kerakligini aytadi.

Ronaldoning haqiqiy otasi Van Nistelroy fikri bo'yicha, hurmatga va eslashga arzimaydigan, doim ichib yuradigan inson bo'lganini aytadi. SHuningdek, hujumchi na Keyrushni, na Ronaldoni hurmat qilmasligini qo'shimcha qiladi.

Ko'p o'tmay, gollandiyalik Ronaldodan uzr so'raydi, ammo portugal uni qabul qilmaydi. Yozda esa Nistelroyni "Real"ga sotib yuborishadi.

Manba: www.championat.asia



» Teg: Aleks Fergyuson, Manchester Yunayted, Krishtianu Ronaldu, Van Nistelroy |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)

Hurmatli foydalanuvchi ro`yxatdan o`tmasangiz, maqolaga fikr bildirolmaysiz.
Izoh qoldirish uchun avval ro`yxatdan o`ting !!!

( Hoziroq ro`yxatlanish )

Abdurasul Abdurasul
(27 Sentyabr 2017 15:34)
Fergyusonning haqiqiy kashfiyoti CR. Uni kashfiyoti butun dunyoni titratib qo'ymoqda. Raxmat Ser Alex Fergyuson!
Hafta futbolchisi
"Borussia" ustidan qozonilgan g'alabaga o'z hissasini qo'shgan Garet Beyl hafta futbolchisi deb topildi. Beyl uchrashuvda 1 golga mualliflik qilgan bo`lsa va 1 golga assistentlik ham qildi.