-

Zidan APL klubi taklifini rad etdi. Uning short-listida qaysi klublar bor?

"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ingliz klubini boshqarish imkoniyatiga rad javobini berdi.

Sababi francuz mutaxassisi ayni paytda o'zi boshqarishni istaydigan klublar ro'yxatiga biror Anliya Premer-ligasi klubini kiritmagan. CHunki u ingliz tilida gaplashishni bilmaydi. Uning short-listidan esa uning boshqaruvida rekord natijalarga erishilgan "Real Madrid", PSJ, "Yuventus" va "Bavariya" jamoalari joy olgan.

Afsonaviy futbolchi so'nggi oylarda Angliya klubiga borishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga bir vaqtning o'zida "Manchester Yunayted" va "CHelsi" qiziqish bildirgandi. 

Zidan Qatardagi Jahon chempionatidan keyin Franciya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin edi. Biroq Dide Desham bilan shartnoma muddati uzaytirilgach bu amalga oshmadi. Uning uchun PSJ ajoyib talov bo'lardi biroq Kristof Galtening klubdagi kelajagi aniq. Uning CHempionlar Ligasida qayd etadigan natijasi qolish yoki almashtirilish borasida taqdirini hal qilishi mumkin. Zidan, shuningdek, 5 yil futbolchilik faoliyatini o'tkazgan "Yuventus"da ham ishlashi mumkin. Ammo klubning ayni palladagi holati yaxshi emas.

Manba: www.marca.com


3 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.