Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

La Liga prezidenti: "Umid qilamanki, klasikoda fantom-gollarni ko'rmaymiz"


La Liga prezidenti Xaver Tebas "Real" va "Barselona" klasikosi arafasida, chempionatdagi hakamlikning saviyasidan xavotirda ekanini aytdi.

● "Umid qilamanki, "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinda, fantom-golni ko'rmaymiz.

"Valensiya"ga qarshi o'yinda Lionel Messining hisobga olinmagan goli La Liga obro'sini tushirdi. Uni butun Ispaniya, butun jahon ko'rgan edi. Agar men ko'rmadim desam, u holda ko'rligimni tan olgan bo'lardim.

Albatta, bu vaziyatda gol bor edi. Umid qilamanki, keyingi mavsumda takroriy videolavhalardan foydalanamiz va bunday holatlarning guvohi bo'lmaymiz",
– dedi Tebas Sport.es nashriga.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: La Liga, Xaver Tebas, Real Madrid, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Nacho Fernandes | "Valyadolid"ga qarshi kechgan bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi, u kiritgan yagona gol yakunda jamoaga g'alaba keltirdi.