"REAL MADRID" | O'ZBEKISTON
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

Zidan: "Real"da A-jamoasi va B-jamoasi yo'q


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 29 aprel kuni "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 35-tur uchrashuviga tayyorgarlik haqida gapirib berdi.

"Avvallari o'yinlar kam edi, hozir boshqacha. Mavsumda 30-40 ta uchrashuv o'tkazsang, 12-13 futbolchi etarli bo'ladi. Ammo hozir hamma terma jamoasida o'ynamoqda va mavsumda 60-70 ta uchrashuv o'tkazyapti, bizda A-jamoa va B-jamoa yo'q.

Men ham qolganlari kabiman. SHunchaki o'zimning uslubim bor. Falsafamga tayanib Ronaldu yoki Beylni zaxiraga olaman. Bazida futbolchilarga o'z g'oyalarimni tushuntirib, ular bilan bahslashaman. Keyin hammasi joyiga tushib ketadi. Har bir insonning o'z fikri bor. Ammo men "Real" ustoziman, tarkibni men tanlashim kerak"
- deydi Zidan.

Eslatma: Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi va UzReport TV kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Manba: CA



» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Hafta futbolchisi
Marko Asenso, "Las Palmas" ustidan qozonilgan g'alabada o'zining katta hissasini qo'shdi va hafta futbolchisi deb topildi. Asensio uchrashuvda 1ta gol urdi va eng ko'p 8.7 bal jamg'ardi.