Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Oldingilar qilgan ishni hozirgilar ham qilyapdi


Kecha "Granada" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Zidan jurnalistlarning savollariga munosib tarzda javob berdi. Press-konferensiyada Zidan hozirda murabbiylik faoliyati eng yaxshisi ekanligi va Ronalduning yutuqlari haqida gapirib o'tdi

O'yin haqida..

"Bu oson bo'lmadi, jamoa tezkor gol urishga muvoffiq bo'ldi va bu keyingi gollarni urishga kuch berdi. Men jamoa o'yinidan mamnunman, shu ruhda davom etishimiz kerak"


Birinchi va ikkinchi bo'lim haqida..


"Ikkinchi bo'lim har doim kuchsiz o'tadi, agar siz birinchi bo'limda 3-4 gol ursangiz, lekin bu safar bunday bo'lmadi, jamoa o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rdi va raqibni ham hurmat qilib o'ynadi. Har doim so'ngi hushtakkacha o'ynash juda kerak, agar sizni oldinda play-off uchrashuvi kutub tursa"


Murabbiylar shtabi haqida..


"Men bir o'zim emasman, bizda malakali murabbiylar bor ular menga va jamoaga katta yordam berishmoqda. Hammamiz berilgan amallarni bajaramiz"


Ronalduning 4 - "Oltin top"i haqida..


"Ronaldu o'zi erishishi kerak bo'lgan barcha yutuqlarga erishdi, to'rtinchisini ham oldi, agar u faoliyatini tugatsa biz u qanday aqil bovar qilmas ishlar qilganini eslaymiz. Ronaldu uchun hursandman: uning namoyishida ishtirok etganimdan hursandman, o'z vaqtida 1 yoki 2 ta "Oltin top" olishgan, unda esa to'rtta bo'ldi"


Eng yaxshi davr haqida..


"Haqiqatdan ham, men murabbiylik kursisiga o'tirganimdan keyin eng yaxshi davrni o'tkazyapmiz. Hamma qatori futbolchilar bilan nima qilish kerak - ularni kundalik ishini ko'rsatish kerak. Bizda "Qirollik kubogi" o'yini uchun to'rt kun vaqt bor"

Natija haqida..


"Albatta, mag'lubiyatsiz seriyani uzoqqa oborishni va titullar yutishni hohlaymiz"


Mag'lubiyatsiz seriya haqida..


"39 o'yindan beri yutqazmayapmiz, albatta bundan juda xursandmiz. Bu seriya – mashaqqatli mehnatlar mevasidir"


Hozirgi Madrid va usha paytdagi Galaktikos haqida..


"Menga bularni solishtirish yoqmaydi, bizda har doim kuchli jamoa bo'lgan oldin ham hozir ham. "Madrid" safida har doim kuchli futbolchilar o'ynagan, oldingilar qilgan ishni hozirgilar ham bajarmoqda"


Jismoniya tayyorganlik


"Bizda ikkinchi davra uchun hafta tayyorgarlik bo'ldi, buni mahsulini ko'ryapsiz yilni ajoyib tarzda boshladik"


"Qirollik kubogi" Sevilyaga qarshi o'yin haqida..


"Men bilaman, "Sevilya"ga qarshi o'yinda oddiy bo'lmaydi"


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.