Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Umid qilaman Beyl «Napoli» bilan javob uchrashividan oldin safga qaytadi


Ispaniya chempionati 22-turida "Osasuna" bilan bo'ladigan o'yindan oldin bosh murabbiy Zinedin Zidan press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Biz o'zimizni jismonan yaxshi his qilyapmiz, chunki o'z ustimizda ishlash uchun bizda yetarlicha vaqt bo'ldi. "Osasuna" - men futbol o'ynab yurganimda ham qiyin jamoa edi. "El-Sadar"da buni uddalash oson ish emas.

Turnir jadvalidagi yetakchi va oxirgi o'rinda borayotgan jamoalar uchrashuvi deya olmayman, chunki "Osasuna" o'z uyida yaxshi harakatlanmoqda. Bizni mehmonda nima kutayotganini bilamiz va bunga tayyormiz"


O'yin uslubi haqida

"Biz deyarli har doim bir hil harakat qilamiz. To'pni nazoratga oldikmi demak chiroyli futbol namoyish qilishimiz kerak, bu qila oladigan futbolchilarimiz bor. Agar to'pni yo'qatsak dathol pressing qilib to'pni qaytarib olamiz. Ba'zan taktikani futbolchilar tanlashadi va raqibni hayratlantirib qo'yishadi"

«Selta» bilan uchrashivni qoldirilgani haqida

"Biz doim o'ynashni hohlaymiz. 15 kun davomida o'yin yo'qligi bu juda uzoq vaqt, yana takrorlayman futbolchilar o'ynashni hohlashadi. Biz qarorni hurmat qildik va keyingi o'yinga tayyorgarlik qildik. Mavsumga yaxshi tayyorlanish yaxshi, ammo futbolchilar futbol o'ynashni hohlashadi.

O'ylaymanki ertanga bo'ladigan o'yinda o'zimizni ko'rsatib 3 ochkoni qo'lga kiritamiz va yana bir qadam tashlagan bo'lamiz. Buni isbotlash uchun bizda yaxshi tarkib bor"


Qoldirilgan o'yinlar haqida

"Hozirgi uchrashuvda nima bo'lishini bilmayman. Hozirgi paytda «Selta» bilan qachon o'ynashimizni ham bilmayman. Qoldirilgan o'yinlar bo'lganida qancha ochko ishlashimiz mumkin ekanligini hisoblab chiqishimiz mumkin edi. Men va futbolchilarim «Selta»ga qarshi o'yinga tayyor edi, ammo vaziyat bunga yo'l qo'ymadi"

Keylor Navas haqida

"U yaxshi holatda. Menda 24 ta futbolchi bor, va ularning kelajaki haqida o'ylamayapman. Men futbolchilarimni turnirlardagi uchrashuvlar uchun tayyorlashim kerak"

Isko bilan shartnoma haqida

'Klub va futbilchi kelajaki haqida qaror qabul qiladi. Isko - biz uchun asosiy futbolchi, u mashg'ulotlarda qattiq harakat qiladi va bu asosiysi. Uning futboli menga yoqadi"

Hakamlar haqida

"Biz hakamlarni hurmat qilishimiz kerak, ular ham ishlashmoqda. ULar qo'lidan kelganini qilishadi. Hakamlarni haqr qachongidan yamon deb hisoblamayman"

Garet Beylning tiklanishi haqida

"Umid qilamanki Beyl «Napoli» bilan javob o'yinidan oldin bizga qo'shiladi. Hozircha hammasi joyida, asosiysi u maydonga qaytdi bu jamoa ushun yaxshi. U ishtiyoq bilan mashg'ulotlar qilmoqda"

Dani Karvahal va Luka Modrich haqida

"Ular tarkibga qaytishga tayyor. Ko'ramiz ular ertaga o'ynaydimi yoki yo'qmi"

Qirollik kubogi qayerda o'tkazilishi haqida

"Men bu haqida prezident bilan gaplashdim, u aytdiki stadionda qurilish olib borishi kerakligini aytdi"

Chempionlar Ligasida «PSJ» - «Barcelona» qarama-qarshiligi haqida

"Ikkalasida ham ajoyib tarkib bor. Jamoalarning hozirgi holagini ko'rishimiz kerak. Qiziqarli uchrashuv bo'ladi, men buni o'tkazib yubormayman"

Abdurasul


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.