Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Asosiysi uyda gol o'tkazmaslik


Chempionlar ligasi 1/8 bosqichda "Napoli" bilan o'yin oldidan Zinedin Zidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuvga jamoaning tayyorgarligi haqida aytib o'tdi.

Benzema haqida

"Har safar aytaman, men uchun eng asosiysi mashg'ulotda o'z ustida ishlash. Futbolchilar har doim ko'proq hohlashadi, Benzemaning ishidan mamnunman"

Garet Beyl haqida

"U endi umumiy guruhga qo'shildi va o'zini yaxshi his qilmoqda. Jismoniy holati tiklanmoqda, undan havotir olmasak ham bo'ladi. Eng asosiysi 3 oylik tanaffusdan so'ng mashg'ulitlarga qaytdi"


Sarri haqida

"U yaxshi murabbiy. Uning jamoasi yaxshi o'ynamoqda, natijalari ham yaxshi, bu uning yaxshi ishlayotganini aytishi mumkin. Italiyada ham huddi Ispaniya singari yosh futbolchilar ko'p, bu Italiyani yuqoriga olib chiqishi mumkin"


Chempionlar ligasidagi g'alaba haqida


"Bu turnirni qanchalik qilyinligini bilamiz, bilishni o'zi yetarli emas, bir o'yinda yutib g'olib chiqib bo'lmaydi. Biz bo'shashmasligimiz lozim, o'yindan-o'yinga ochilishimiz kerak. Hamma bu turnirda g'olib chiqishni hohlaydi. Lekin bu qiyin va uzoq yo'l. Eng quvonarlisi hamma jarohatdan qaytdi va Chempionlar ligasida o'ynashga tayyor"


Final haqida


"Bu juda kerakli o'yin, biz yutishni hohlaymiz, lekin final Kardiffda bo'ladi. Bizni oldinda "Napoli" bilan ikkita o'yin bor, bir g'alaba uchun harakat qilamiz"


Kroos haqida


"Bu jamoa mentaliteti, bu jamoa hohishi va biz tunirda g'olib chiqishni hohlaymiz. Ertaga g'alaba uchun kurashamiz, Kroos o'yinga tayyor, unda tajriba yetarli"


Chempionlar ligasi va Benzema haqida


"Nima deyishni ham bilmayman, u yaxshi formada. Siz bu yerda turib o'z fikringizni yozishingiz va aytishingiz mumkin, lekin u mashg'ulotda o'z ustida ishlaydi. Benzema men uchun gol urmaydi"


Fovarit haqida


"Bu ahamiyyatli emas, biz har doim fovarit bo'lib kelmoqdamiz. Biz o'yinni qanday yutishni bilamiz, faqat kurashishimix kerak va yakunni Madridda baholaysiz"


O'yinda darvozani "Quruq" saqlash haqida


"O'yindan chiqib ketish mumkin, sen bilasan ikkita o'yin bo'ladi, asosiyda uyda gol o'tkazmaslik. Bu bizning asosiy vazifamiz, o'yinni qo'lga olishimiz va kerak ishni qilishimiz kerak. Biz bilamiz imkoniyat 50/50. Biz o'yinga tayyormiz"


Xames haqida


"U o'ynashga tayyor, ertaga boshlang'ich tarkibda kim tushishini bilib olasiz, hozir bu haqida gapirishni hohlamayman"


Napoliga qarshi o'yin sxemasi


"Ertaga ko'rasiz. Siz savol berish uchun 10 daqiqa kutdingiz, men esa qisqa javob berdim"


Ronaldu va Benzema haqida


"Men o'zimni yaxshi his qilyapman va murabbiy ko'proq tayyor bo'lishi kerak. Ronaldu va Benzema haqida nima deyishim mumkin? Ularning aloqasi ajoyib, ayniqsa ular uchta bo'lsa. Karim jamoadoshlariga gol urishiga yordam beradi, albatta u o'z ham gol urishi lozim, bu men uchun ham kerak"


Abdurasul


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.