Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Al Jazira" ustozi: "Real" bilan uchrashuvda Mourinyodan bir juft avtobus so‘rab turaman"


"Al Jazira" bosh murabbiyi Xenk ten Kate klublar o‘rtasida jahon chempionatida "Real" bilan uchrashuv oldidan fikrini hazil tariqasida bildirdi.

"Biz uchta avtobus qo‘yishimiz kerak. Balki ikkitasini Mourinyodan so‘rab turarman. Voqeyaga real ko‘z bilan qarash kerak. G‘alaba uchun imkoniyatlarimiz kam. Mahoratdagi farq juda katta, ammo jamoam oxirigacha kurashadi.

Biz doim Angliya, Ispaniya, Germaniya chempionatlari o‘yinlarini ko‘ramiz. Endi esa shogirdlarim Krishtianu Ronaldu bilan bir maydonda to‘p suradilar. Yigitlar nimani his qilayotganlarini tasavvur qilishim mumkin. Umid qilamanki, yigitlar ko‘p asabiylashmaydilar.

Biz o‘yinchilarimizga qo‘shimcha turtki berishimiz shart emas. Ular hammasi PlayStation o‘ynaydilar, ko‘pchiligi "Real"ga muxlislik qiladilar. Endi "Real" o‘yinchilari bilan maydonda kurashamiz. Ko‘pchilik o‘yinchilarimiz uchun hayot-mamot o‘yini bo‘ladi",
- deydi ten Kate.

Klublar jahon chempionati yarimfinalining "Al Jazira" - "Real" uchrashuvi bugun, 13 dekabr kuni toshkent vaqti bilan 22:00da bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.std.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Al-Jazira, Xenk ten Kate, Real Madrid, JCH Klublar-2017
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.