Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu "Real"ni tark etsa, APL klubiga o'tishni maqul ko'ryapti


"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mish-mishlarga ko'ra, Madrid klubida baxtiyor emas va Angliya chempionatida ishtirok etishni istayapti.

"Don Balon" nashri bergan xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 32 yoshli portugaliyalikni orqaga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti. Shu tufayli, Ronaldu faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishni maqul deb hisoblayapti.

Eslatib o'tamiz, londonliklardan tashqari, "Qirollik klubi" hujumchisi bilan "Pari Sen-Jermen" ham qiziqmoqda.

Avvalroq, Ronaldu London markazi va yaqinidan o'ziga uy izlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.