Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu AQSh klubining taklifini jiddiy o'rganib chiqmoqda


"Real" klubining hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.

32 yoshli portugaliyalik 2018 yilda MLS chempionatida ishtirok etadigan "Los-Anjeles" klubiga o'tish imkoniyatini jiddiy o'rganmoqda, deb xabar beradi "Mundo Deportivo".

Ronalduga bu klubning loyihasi yoqyapti. Kaliforniyaliklar qisqa vaqt ichida kuchli jamoani shakllantirishni maqsad qilgan va AQSh terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Bob Bredlini taklif etgan.

Biroq, Ronalduni AQShga ko'chib o'tishdan qaytarayotgan yagona sabab bor - dunyo futbol taxti uchun kurashda Leo Messi bilan raqobatlashish imkoniyatidan mahrum bo'lish.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, Ispaniya matbuotida Ronalduning 2018 yilda "Real"ni tark etmoqchi ekani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu, Los-Anjeles
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.