Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Saloh Ramosning gaplariga javob berdi


"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh "Real" sardori Serxio Ramosning gaplariga javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, Saloh "Qirollik klubi"ga qarshi CHempionlar ligasi final bahsida (1:3) Ramos bilan kurashdan so'ng, qo'lidan jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Keyinroq ispaniyalik himoyachi ushbu kurashda "Liverpul" futbolchisi birinchi bo'lib uning qo'lini ushlab olgani haqida aytdi.

"Ramos so'zlari? Bu kulgili. Sizni yig'lashga majbur qilgan inson kuldira boshlasa, bu yoqimli. Balki u jahon chempionatiga tayyor bo'lishim haqida aytib berar? U menga xabar yubordi, biroq hech qachon unga hammasi joyida demaganman. Hammasi qoida doirasidamidi? Bilmayman.

Yiqilganimda, jismoniy og'riq va havotir tuyg'ulari aralashib ketdi. Undan so'ng alam va g'azab paydo bo'ldi. Biroq endi yaxshiman. Urugvayga qarshi ilk o'yinda maydonga tushishga umid qilyapman. Hammasi o'zimni qanday his qilishimga bog'liq",
- deydi Saloh.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Serxio Ramos, Muhammad Saloh
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.