Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Luis Suaresning "ishtahasi karnay"


"Barselona" hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati doirasida "Real"ga qarshi kechadigan o'yin arafasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Klasiko — bu alohida o'yin. Shunday tomoshabop, butun dunyo ko'z o'ngida kechadigan o'yinda sen ishtirok etasan. Men bunday o'yinlarda juda ko'p marta ishtirok etganman va bundan zavq olganman.

Bunday o'yinda maydonga chiqish imkoniyati — zo'r imkoniyat. Muxlislar uchun bu zo'r spektakl, futbolchilar uchun hissiyotlar to'lqinida suzish.

Biz sifatli o'yin ko'rsatishimiz zarur, chunki klasikoni butun dunyo bo'ylab tomosha qilishadi. Bunday o'yinlar xotiralarda saqlanib qoladi.

Men klasikoda urgan ilk golimni hamisha eslab yuraman. Bu 2014/15 yilgi mavsumda bo'lgandi. Bir yil o'tib "Bernabeu"da 4:0 hisobida yutganimizda urgan golimni ham eslab yuraman. Asosiy raqib maydonidagi uchrashuvda gol urish – buning tengi yo'q.

"Real"ni yana engishni va chempionatni mag'lubiyatsiz yakunlashni istaymiz",
deya Suaresning so'zlarini keltirgan "Marca" nashri.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Barselona, Luis Suares, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.