Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Misrlik huqushunos Ramosni sudga berdi


Misrlik huquqshunos Bosim Vahba "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohga jarohat etkazgan "Real" sardori Serxio Ramosni sudga berdi.

"Ramos atayin Salohga jarohat etkazdi va o'z harakatlari uchun jazolanishi kerak. Men uni sudga berdim va FIFAga shikoyat yo'lladim.

Men Ramosning Salohga va Misr xalqiga yetkazgan moddiy va manaviy zarari uchun 1 milliard evro kompensatsiya talab qilaman",
dedi huquqshunos Sada El-Balad telekanali efirida.

Agar sudda yutib chiqsa, Vahba barcha mablag'larni Long Live Egypt jamg'armasiga o'tkazib berishni vada qildi.

Eslatib o'tamiz, yelkasidan olgan jarohati tufayli Muhammad Salohning jahon chempionatida ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Bosim Vahba, Muhammad Saloh, Serxio Ramos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.